Toshkentda 23 yoshli yigit tanishini 20 ming dollarga «tushirdi»

11-yanvar kuni Yakkasaroy tumani IIO FMBdan quyidagi mazmunda xabar kelib tushdi: 2018-yilning 25 avgust kunidan 29-avgustga qadar 23 yoshli Jamshid M. 35 yoshli Dilshod R.ning ishonchiga kirib, unga Mirobod tumanidagi 0,3 sotix yer maydonini arzon narxda sotib va rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.
Shu bahona bilan u Dilshoddan 20 ming AQSh dollari olgan, ammo o‘z va’dasida turmasdan, pullarni ehtiyojiga sarflab yuborgan, deya xabar berdi Toshkent shahar IIBB.
Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi («Firibgarlik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter