Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Toshkentda gul urug‘i sabab YPXda ushlab qolingan haydovchi» yuzasidan ma’lumot berildi

«Toshkentda gul urug‘i sabab YPXda ushlab qolingan haydovchi» yuzasidan ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaroning IIO xodimlarining harakatidan noroziligi aks etgan video tarqaldi.

Unda joriy yilning 26-yanvar kuni taxminan soat 03.00 larda Yunusobod tumanidagi «Uch qahramon» YPX maskanida haydovchi mashina salonidan topilgan idishdagi urug‘larning o‘ziga tegishli emasligi, taksi xizmatini ko‘rsatgani bois mijozlardan tushib qolgan bo‘lishi mumkinligini aytadi.

Biroq YPX inspektorlari giyohvandlik moddaga o‘xshash moddaning nimaligini aniqlash uchun «naryad» chaqirganini ma’lum qilib, haydovchining hujjatlarini qaytarib bermaydi. Haydovchi esa idishdagi narsa gul urug‘i ekanini aytib, uni bir soat mobaynida sovuqda ushlab turishganidan norozi bo‘ladi.  

Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan munosabat bildirib, mazkur YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX va PPX xodimlari tomonidan 1994 yilda tug‘ilgan O.K. boshqaruvidagi «Lacetti» avtomashinasi to‘xtatilgani, haydovchi o‘zini shubhali tutganligi sababli avtomashina tekshirilganda saloni ichidan yelim idishda giyohvand moddaga o‘xshash modda borligi aniqlanganini ma’lum qildi.

Shuningdek, rasmiy munosabatda aytilishicha, haydovchi ushbu modda nima ekanligiga aniq javob bera olmaganligi sababli xodimlar tuman IIO FMBdan mutaxassislarni chaqirtirishgan. O‘rganish jarayonida ushbu modda oddiy ko‘chat urug‘i ekanligi aniqlangan, haydovchining harakatida qonun buzilishi holatlari bo‘lmaganligi sababli unga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirilmagan.

Xodimlarning harakatlari yuzasidan esa Toshkent shahar IIBB tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring