Toshkentda ham elektr energiya, ham issiqlik ishlab chiqaruvchi stansiyalar quriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Toshkent shahri, Uchtepa tumanidagi faollar yig‘ilishida qatnashmoqda. Davlat rahbari yig‘ilish davomida energiya taqchilligi masalasiga to‘xtalib o‘tdi.
«Toshkent shahrida issiqlik markazlari eskirgan va energiya sarfi juda yuqori. Ammo shunga yarasha issiqlik ham ishlab chiqara olmaydi. Bitta stansiya sarflayotgan gaz va elektr energiyasi bilan katta hududni ta’minlash mumkin.
Shaharda oxirgi yillarda misli ko‘rilmagan darajada ishlab chiqarish korxonalari ochildi. Albatta, ularning energiyaga bo‘lgan talabi ham shunga yarasha. Mana hozir 55 ming ish o‘rni yaratishni rejalashtiryapmiz. Tabiiyki, bu ish joylariga hech bo‘lmasa chiroq o‘rnatish kerak. Qolgan texnologiyalarni gapirish ham shart emas.
Yil o‘tgani sari elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoj oshib boradi. Biz avvalo zamonaviy texnologiyalarni joriy etishimiz lozim.
Xorijdan ham elektr energiya, ham issiqlik ishlab chiqaruvchi texnologiyalar olib kelamiz va issiqlik markazlarini qayta jihozlaymiz. Uch million kishi yashaydigan shaharning ta’minoti uchun har kuni yangilik qilish kerak», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter