Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda HOWO yuk mashinasi yonib ketdi

Toshkentda HOWO yuk mashinasi yonib ketdi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan «Ayni damda Eski ToshMI yaqinida HOWO yuk mashinasi yonmoqda» sarlavhasi ortida video tarqaldi. 

Toshkent shahar YHXB bergan ma’lumotga ko‘ra, 25-iyun, soat 23:10 larda Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan haydovchi 1995-yilda tug‘ilgan B.I. boshqaruvidagi HOWO rusumli yuk mashinasida 1-Toshkent tibbiyot akademiyasi qarshisida qisqa tutashuv oqibatida yong‘in chiqqan.

Yong‘in oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q. Hozirda surishtiruv olib borilmoqda. 

Avvalroq transport vositalariga o‘rnatiladigan gaz ballonlarga oid yangi qaror ishlab chiqilganligini va unga ko‘ra, F1 seriyali gaz ballonlar yaroqsiz deb topilganligi haqida ma’lumot inkor etilgandi. Sababi, so‘nggi kunlarda transport vositalari yonishi va portlashi bo‘yicha noxush xabarlar ko‘paydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring