Toshkentda ikki avtobus o‘rtasida YTH yuz berdi, bir kishi jabrlangan

Illyustrativ foto.
Bugun 46-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi «MAN» rusumli avtobus 134-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi «Isuzu» rusumli, avtobus bilan Uchtepa tumani, Ko‘kcha Darvoza-To‘qimachi ko‘chalari kesishgan chorrahada yo‘l transport xodisasi sodir bo‘lgan. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» AJ xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir nafar yo‘lovchi yengil tan jaroxati olgan, shuningdek, jabrlangan yo‘lovchi shifoxonaga yetkazilib, hozirda, tez tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan, «Toshshahartransxizmat»ning Yo‘lovchi transportida harakat xavfsizligini nazorat etish boshqarmasi tomonidan xizmat surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter