Toshkentda issiqlik ta’minoti uchun to‘lov tizimi o‘zgarmoqda
![Toshkentda issiqlik ta’minoti uchun to‘lov tizimi o‘zgarmoqda](http://static.xabar.uz/crop/1/2/720_460_95_1274719375.jpg)
Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti uchun to‘lov tizimi o‘zgarmoqda. Bu haqda «Toshissiqquvvati» DUK xabar berdi.
O‘zbekiston prezidentining «Issiqlik ta’minoti tizimini takomillashtirish va issiqlik ta’minoti korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, 2020-2021-yillar isitish mavsumidan boshlab, markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun iste’molchilar bilan hisob-kitob, isitish davrining bir kuniga isitish maydonining 1 kv.m uchun xisob-kitob to‘lov tizimiga o‘tkazilishi belgilangan.
Isitish davrining bir kuniga 1 kv.m isitish maydoni uchun tarif – 142 so‘m miqdorida belgilandi.
Qolgan tariflar avvalgi darajada qolishi belgilangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter