Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda Lacetti haydovchisi halok bo‘ldi

Toshkentda Lacetti haydovchisi halok bo‘ldi

Bugun, 7 iyun kuni  soat 13:30 larda Yashnobod tumani Elbek ko‘chasida Lacetti haydovchisi, 1998 yilda tug‘ilgan B.T. rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga borib urilgan.

YTH natijasida haydovchi olgan tan jarohatlari  natijasida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring