Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda maktab o‘quvchisi yonidan avtomat topildi

Toshkentda maktab o‘quvchisi yonidan avtomat topildi

Foto:«Repost»

Toshkentdagi 5-sonli maktabning 10-sinfida o‘qiydigan o‘quvchi maktabga pnevmatik avtomat olib kelgani aniqlangan. Bu haqda «Repost.uz» xabar berdi.

Shuningdek, uning yonidan niqob, pnevmatik o‘q ham topilgan. Ashyolar tanaffus vaqtida profilaktika inspektori sumkalarni tekshirganda aniqlangan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar bolaning o‘zi va ota-onasi bilan suhbatlashganlar.

Shu o‘rinda eslatish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi 3-son qarori 2-bandiga muvofiq, pnevmatik qurol o‘qotar qurolga kirmasligi to‘g‘risida tushuncha berilgan.

Shu munosabat bilan, ichki ishlar organlari tomonidan fuqarolarga pnevmatik qurolni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish-olib chiqish, respublika hududida sotib olish, saqlash va olib yurish huquqini beruvchi ruxsatnoma yoki boshqa turdagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar berilishi ko‘zda tutilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring