Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda Malibu va yana ikki avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda Malibu va yana ikki avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Videodan kadr

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida 19 yanvar kuni uchta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga ko‘ra, soat 18:00 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida:

  • Davlat raqam belgisi 01 T 848 AB bo‘lgan Malibu;
  • Davlat raqam belgisi 10 T 803 WA Spark;
  • Davlat raqam belgisi 01 H 747 RA bo‘lgan Nexia-3 ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Spark hamda Malibu haydovchilari tan jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring