Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda metro buzilib qoldi

Toshkentda metro buzilib qoldi

Bugun, 13 noyabr kuni soat 09:15 lar atrofida «O‘zbekiston» yo‘nalishining Alisher Navoiy bekatidan harakatlanishni boshlagan 40-sonli harakat tarkibida texnik nosozlik holati kuzatilgan.

«Toshkent metropoliteni» DUK xabar berishicha, hodisa natijasida ushbu harakat tarkibi tonnelning kirish qismida 15 daqiqa vaqt davomida to‘xtatilgan.

Yo‘lovchilarga noqulaylik hosil qilmaslik va yo‘nalishda belgilangan harakat jadvali buzilmasligi maqsadida, harakat tarkibi ortdagi 39-sonli tarkib orqali tirkamaga olinib, tekshiruv yo‘lagiga olib borilgan.

Ma’lum qilinishicha, hozirgi vaqtda yo‘nalishdagi barcha poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring