Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda milliard so‘mlik yaroqsiz tibbiyot buyumlari aniqlandi

Toshkentda milliard so‘mlik yaroqsiz tibbiyot buyumlari aniqlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Toshkent shahrida 1 mlrd so‘mlik yaroqsiz holatdagi tibbiy buyumlarni sotayotgan shaxslar ushlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda “N.M.” MChJ rahbari A.A. hamda fuqarolar X.Sh. va I.R. fuqaro B.G.ga xorijda ishlab chiqarilgan jami 574 560 dona yaroqsiz holatdagi “Sistema infuzion” tibbiy buyumlarini 55 700 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar. 

O‘tkazilgan ekspertiza xulosalariga ko‘ra, ushbu tibbiy buyumlarning umumiy bahosi 1 mlrd so‘mni tashkil etishi hamda qo‘llanishga yaroqsiz ekanligi qayd etilgan.     

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring