Toshkentda mudhish YTHda «Matiz» sochilib ketdi

2022 yilning 29 iyul kuni soat taxminan 13:00 larda Bektemir tumani, Istiqlol ko‘chasida mudhish yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Haydovchi 2002 yilda tug‘ilgan Sh.X. «Matiz» rusumli, davlat raqam belgisi 01 R 419 DB bo‘lgan avtomashinasini boshqarib ketayotib, haydovchi 1992 y.t., D.D. boshqaruvidagi «Howo» rusumli, davlat raqam belgisi 01 599 TGA yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, «Matiz» avtomashinasi haydovchisi belgilangan tezlikni me’yoridan oshirib, rul boshqaruvini yo‘qotganligi sababli qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan «Howo» rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan.
YTH natijasida «Matiz» avtomashinasi haydovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan, Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter