Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «narkodispanser»ga narkotik modda olib kirishga uringan shaxs ushlandi

Toshkentda «narkodispanser»ga narkotik modda olib kirishga uringan shaxs ushlandi

Toshkent shahar Bektemir tumanidagi narkologiya klinikasi bemoriga giyohvandlik moddasini olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, narkologik dispanserda giyohvandlikdan davolanishga yotqizilgan tanishini ko‘rish uchun kelgan va o‘zini shubhali harakatlari bilan ko‘zga tashlangan fuqaro MGning «Qo‘riqlash» bo‘limi xodimlari tomonidan to‘xtatilgan.

Xodimlar tomonidan ushbu shaxs o‘rnatilgan tartibda tekshirilganda uning 30 yoshli fuqaro S.T ekanligi ma’lum bo‘lib, o‘zi bilan olib kelgan paketdagi yashil skotch bilan mahkamlangan o‘ram nima ekanini tushuntirishdan bosh tortgan.

Xolislar ishtirokida o‘ram ochib ko‘rilganda esa uning ichida o‘ziga xos hidga ega jigarrang modda borligi aniqlangan.

Chaqiruvga asosan yetib kelgan Qo‘riqlash tezkor guruhi tomonidan ushbu fuqaro hududiy ichki ishlar boshqarmasiga olib kelingan. Hozirda mazkur holat yuzasidan IIB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring