Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda navbatdagi «Avtomobilsiz kun» sanasi ma’lum qilindi

Toshkentda navbatdagi «Avtomobilsiz kun» sanasi ma’lum qilindi

24-aprel, chorshanba kuni Toshkentda navbatdagi «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladi. Bu haqda ekologiya vazirligi ma’lum qildi.

«Bu Prezidentning «O‘zbekiston — 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi Farmonida ko‘rsatib o‘tilgan», – deyiladi xabarda.

Aksiya doirasida Toshkent shahrida joylashgan barcha respublika va viloyat ijro hokimiyati organlarining rahbar va boshqa xodimlari jamoat transporti, velosiped va atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan boshqa transport vositalaridan foydalanishadi.

Vazirlik jamoatchilikdan «Avtomobilsiz kun» loyihasiga befarq bo‘lmaslikni va ekologik toza transport vositasini tanlashni so‘ramoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring