Toshkentda «Nexia-3» ikki piyodani urib yubordi

21 mart kuni Toshkent shahar, Shayxontohur tumanida haydovchi, 1990 yilda tug‘ilgan A.I. Olmazor ko‘chasi bo‘ylab «Nexia-3» rusumli avtomobilda harakatlanayotgan bo‘lgan.
Ushbu ko‘chadagi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan ikki nafar piyodani urib yuborgan.
Natijada, piyodalar N.G‘. va M.A.lar yengil tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan.
Holat Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan.
Hozirda surishtiruv davom etib, tegishli hujjatlar to‘planmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter