Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «novostroyka» yonmoqda. FVV bayonoti

Toshkentda «novostroyka» yonmoqda. FVV bayonoti

11-iyul kuni Toshkent shahar Mirobod tumani, Avliyo ota ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan 14-qavatli binoning 14-qavatidagi lift shaxtasida qurigan taxtalar yongan.

Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta avtonarvon soat 22:35 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:54 da o‘rab olingan va hozirda yong‘in bartaraf etilmoqda.  

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring