Toshkentda o‘quvchi qizga tegajog‘lik qilgan shaxs sud qilinmoqda
Joriy yilning aprel oyida Toshkentda 17 yoshli o‘quvchi qizga nisbatan 26 yoshli erkak tegajog‘lik qilgani haqida xabar berilgandi. Mazkur holat yuzasidan sud jarayonlari boshlandi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida Jinoyat kodeksining 25,118-moddasi (nomusga tegishga suiqasd qilish) 3-qismi «a» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan O.O.ga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni boshlandi.
Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining raisi S.Sodiqov raisligida Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter