Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda o‘quvchilar, talabalar va xodimlarda virus chiqmoqda — mutaxassis

Toshkentda o‘quvchilar, talabalar va xodimlarda virus chiqmoqda — mutaxassis

Foto: «Xabar.uz»

Avvalroq Toshkent shahri hududida koronavirus infeksiyasining keng tarqalishini oldini olish hamda amaldagi karantin talablari va sanitar-gigena tartib qoidalariga aholi tomonidan to‘liq rioya etilishini nazoratga olish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berilgani haqida xabar qilingandi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i Malika Qudratxo‘jayevaning qayd etishicha, poytaxtda o‘quvchilar, talabalar va tashkilotlar xodimlari orasida kasalliklar aniqlanmoqda. Shu sabab joylardagi nazorat tadbirlari qayta joriy etildi.

«Tekshiruvlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari ko‘paygan. Ayniqsa, maktab o‘quvchilari orasida, talabalar orasida, tashkilot-muassasalar xodimlari orasida ko‘paygani kuzatildi. Bu esa aholi tomonidan, tashkilot va muassasalar tomonidan karantin choralariga amal qilinmayotganini ko‘rsatadi. Ya’ni o‘lchov vositalaridan foydalanmaslik, kasal bo‘lishiga qaramasdan ish va o‘qishga borib, boshqalarni xavfga qo‘yish holatlari kuzatilmoqda.

Aholi o‘rtasida kasallik tarqalishi oldini olish maqsadida qator tashkilotlar bilan birgalikda tadbirlar o‘tkazilishi boshladi.

Shu kunlarda Milliy gvardiya, Ichki ishlar boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlaridan iborat guruhlar tuzilib, bozorlarda, umumiy ovqatlanish muassasalarida, tashkilot va muassasalarda karantin talablariga rioya qilinishi yuzasidan nazorat olib borishi yana yo‘lga qo‘yildi», — dedi boshqarma boshlig‘i Malika Qudratxo‘jayeva.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring