Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda o‘zidan 16 yosh kichik bo‘lgan rafiqasiga kuch ishlatgan shaxs qamoqqa olindi

Toshkentda o‘zidan 16 yosh kichik bo‘lgan rafiqasiga kuch ishlatgan shaxs qamoqqa olindi

Toshkent shahrida turmush o‘rtog‘iga tan jarohati yetkazgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Poytaxt IIBBning qayd etishicha, 1992 yilda tug‘ilgan Shirin D. Yakkasaroy tumani IIO FMBga ariza bilan murojaat qilib, uning turmush o‘rtog‘i 1976 yilda tug‘ilgan Dilmurod D. unga tan jarohati yetkazganligini ma’lum qilib, qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dilmurod D. ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring