Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda prezident maktabi qurish ishlari boshlandi

Toshkentda prezident maktabi qurish ishlari boshlandi

Foto: Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

Ilk prezident maktablarini qurish ishlari Nukus hamda Xiva shahrida boshlangan edi. Ayni paytda poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida ham Prezident maktabining qurilish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 20-fevralida Prezident Shavkat Mirziyoev «Prezident maktablarini tashkil etish to‘g‘risida»gi Qarorni imzolagandi. Hujjatga ko‘ra, Prezident maktablari mamlakatning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tashkil etiladi.

Prezident maktablariga qabul Xalq ta’limi vazirligi tomonidan yurtimiz ta’lim muassasalarining 4-sinf bitiruvchilari orasida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan mantiqiy fikrlash testlari, yozma imtihon va suhbat natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi. Maktabning yillik qabul kvotasi 24 nafar o‘quvchidan iborat bo‘lib, ikkita sinfga bir xil – 12 nafardan o‘quvchi taqsimlanadi. Birinchi o‘quv yilida esa har bir Prezident maktabining 5-10-sinflariga jami 144 nafar o‘quvchi o‘qishga qabul qilinadi.

Prezident maktabining 9-11-sinflarida ta’lim olish o‘quvchilarning qiziqishiga ko‘ra ayrim fanni tanlash va ularni o‘rganish darajasini inobatga olgan holda individual o‘quv jarayoni asosida amalga oshiriladi.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring