Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda qiz boshqaruvidagi «Captiva» oltita avtomobil bilan to‘qnashdi (video)

Toshkentda qiz boshqaruvidagi «Captiva» oltita avtomobil bilan to‘qnashdi (video)

Foto: «Repost»

27-aprel kuni tungi soat 01:24 da Toshkent shahrining Shota Rustaveli va Mirobod ko‘chasi chorrahasida joylashgan aylana oldida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda «Repost» xabar berdi.

Voqea aks etgan videoda katta tezlikda kelayotgan «Captiva» boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida turgan 6–7 avtomashinaga kelib uriladi. Voqea ushbu ko‘chalar chorrahasida joylashgan «Prime Time» kafesi yonida bo‘lgan.

Baxtli tasodif tufayli halok bo‘lganlar yo‘q. «Captiva»ni boshqargan qiz kasalxonaga yotqizilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring