Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda reyd boshlandi

Toshkentda reyd boshlandi

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari mas’ul idoralar xodimlari bilan birgalikda yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarimani 60 kun davomida to‘lamagan haydovchilarni aniqlash choralarini ko‘rmoqda.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasiga («Transport vositalarini ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish asoslari va tartibi») ko‘ra, bu kabi qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilganda transport vositasi ushlab turish sababi bartaraf etilgunga va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rilgunga qadar jarima maydonchasiga joylanishi mumkin.

Transport vositalari oqimida jarima to‘lashi shart bo‘lgan haydovchilarni aniqlash AutoCon-SC mobil kompleksi yordamida amalga oshiriladi. Maxsus tadbirning birinchi kunida poytaxtga kirishdagi yo‘l-patrul xizmati postlarining o‘zidayoq jarimani o‘z vaqtida to‘lamagan 16 kishi aniqlandi.

«Hurmatli haydovchilar! Jarima bo‘yicha qarzingiz bo‘lsa uni kechiktirmasdan, o‘z vaqtida to‘lashingizni tavsiya qilamiz. Shundagina transport vositangizni jarima maydonchasiga joylanishidan va boshqa noqulayliklardan omon qolgan bo‘lasiz», deyiladi IIBB xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring