Toshkentda sakkizta avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgaradi

Toshkent shahrida 21-sentyabrdan boshlab Bektemir tumanidagi Bektemir yo‘li va Katta halqa yo‘li ko‘chalari chorrahasida yo‘l inshooti qurilish ishlari olib borilayotgani sababli mazkur chorraha vaqtincha yopildi.
Shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan 39, 45, 68, 93, 110, 117, 128, 130-sonli yo‘nalish avtobuslari chorraha atrofida tashkil etilgan vaqtinchalik muqobil yo‘l orqali harakatlanadi.
Qurilish davrida tirbandlik kuchayishi mumkin. Avtobuslarning harakat vaqti hamda intervali odatiy jadvaldagidan biroz uzunroq bo‘lishi ehtimoli bor.
Ishlar davomida zarurat tug‘ilsa, yo‘nalishlarga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin, boshqarma bu haqda alohida xabar qiladi. Yo‘lovchilardan qatnovlarni oldindan rejalashtirish so‘raladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter