Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda salkam 50 ming dollarni sotayotgan shaxs ushlandi

Toshkentda salkam 50 ming dollarni sotayotgan shaxs ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Toshkent shahrida 48 600 AQSh dollarini sotayotgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro A.I. fuqaro Sh.B.ga 48 600 AQSh dollarini 600 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida 49 900 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring