Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «shumaxer»lik qilgan rossiyalik avtobloger dastlabki videoni e’lon qildi

Toshkentda «shumaxer»lik qilgan rossiyalik avtobloger dastlabki videoni e’lon qildi

Shavkat Mirziyoyevning kichik kuyovi, Prezident xavfsizlik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Otabek Umarov rossiyalik avtobloger Erik Davidichga navbatdagi test-drayvni O‘zbekistonda suratga olishga ko‘maklashgani haqida xabar bergandik.

Taniqli avtobloger o‘zining navbatdagi shou-ko‘rsatuvini O‘zbekistonda suratga oldi. Otabek Umarov unga premium-klassdagi avtomobillarni taklif qildi.

Shu orada ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum mashina Toshkentdagi Amir Temur xiyobonini katta tezlikda aylanib yurgani aks etgan video tarqalib ketdi.

Xiyobonga olib chiqadigan barcha ko‘chalar ichki ishlar organlari tomonidan to‘silgan, xavfsizlik uchun piyodalar o‘tkazilmagan.

Bunday katta tezlikda mashina haydayotgan odam kimligi noma’lumligicha qolayotgandi. Bir kun o‘tib, Toshkent shahar IIBB «Skver»dagi «shumaxer»ning kimligini qisman ochiqladi.

Unda Amir Temur xiyoboni atrofidagi aylana yo‘lda, xususiy ijodiy studiya tomonidan ekshn-lavha suratga olish ishlari olib borilgani ma’lum qilindi.

Videobloger Erik Devidich yaqinda o‘zining yutub kanalida Toshkentda suratga olingan Mercedes AMG GT 63 S premium avtomobilining video sharhini chiqardi. E’tiborlisi, vidosharhda avtomobilning katta tezlikda Amir Temur xiyobonida boshqarilgani kadrlari ham bor.

Shuningdek, 26 daqiqalik videoda blogger avtoulovning o‘ziga xos xususiyatlari haqida gapirib berdi va O‘zbekistonda bo‘lish taassurotlari bilan ham o‘rtoqlashdi.

Eslatib o‘tamiz, Davidich — taniqli videobloger bo‘lib, uning «YouTube»dagi roliklari million martalab ko‘riladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring