Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda sodir bo‘lgan mudhish YHTning ikkinchi qurboni shaxsi aniqlanmoqda

Toshkentda sodir bo‘lgan mudhish YHTning ikkinchi qurboni shaxsi aniqlanmoqda

Foto: IIV YHXBB

Bugun, 18-iyun kuni Shayxontohur tumanida «Kamaz» yuk mashinasi yo‘l yoqasida o‘rnatilgan reklama ustuni hamda temir-beton bordyurga borib urilishi natijasida ikki nafar fuqaro vafot etgani xabar qilingandi.

Toshkent shahar IIBB yuz bergan YTH haqida qo‘shimcha ma’lumot berdi.

18 iyun kuni taxminan soat 06.00 da Toshkent xalqa avtomobil yo‘lidagi «Dilshod» kafesining yonida «KamAZ» rusumli yuk avtomobili haydovchisi 38 yoshli Munis I. yo‘l chetida turgan reklama ustuniga to‘qnashgan. YTH natijasida avtomobil salonida yong‘in kelib chiqqan. Haydovchi olingan jarohatlari sababli voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.

Hodisa ro‘y bergan vaqtda reklam ustuni yonida taxminan 25-35 yoshli yigit bo‘lgan, uning shaxsi aniqlanmoqda, hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra uning ismi Doston. U YTH joyida olgan jarohatlari bilan tibbiyot muassasasiga yetkazildi, ammo shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmadilar.

YTH sababi o‘rganilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring