Toshkentda soxta tilla quymalarini pullayotgan shaxslar ushlandi

Toshkent shahrida quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan metallarni 70 000 AQSh dollariga sotayotgan shaxslar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudangan fuqarolar X.U. va A.D. o‘zaro til biriktirib, umumiy og‘irligi 2,06 kg. bo‘lgan oddiy metallga tilla rangini berish orqali quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan (999,9 asllik belgisi tamg‘asi muhrlangan) metallarni fuqarolar M.S va R.L.ga 70 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, ushbu pullar hisobidan 35 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 227-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter