Toshkentda talaba qiz o‘zini poyezd tagiga tashladi
12-oktyabr kuni Toshkent metrosining «Alisher Navoiy» metro bekatida talaba qiz poyezd relsiga sakrab, o‘z joniga qasd qilishga urindi.
Bu haqda Transport va turizm ob’yektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabar berdi.
Shu payt bekatda xizmat olib borayotgan IIO xodimi buni payqab, darhol poyezdni to‘xtatishga buyruq bergan. Ikki IIO xodimi relsga tushib, qizni birga platformaga olib chiqqan.
Shundan so‘ng, qizga birinchi yordam ko‘rsatilib, u bilan suhbat o‘tkazilgan. 2005-yilda tug‘ilgan farg‘onalik qiz Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2-kurs talabasi ekani ma’lum bo‘ldi.
Hozirda qizning oila a’zolari voqeadan ogohlantirilgan, tekshiruv olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter