Toshkentda talabga javob bermaydigan ichimliklar sotilayotgani aniqlandi
«O‘zstandart» agentligi huzuridagi Departament tomonidan Toshkent shahridagi savdo majmualarida sotilayotgan «E-ON» tetiklashtiruvchi ichimligi o‘rganildi. Tekshiruvlarda mahsulot markirovkasi standart talabiga javob bermadi, deb xabar beradi agentlik rasmiy kanali.
O‘rganishlar jarayoni shuni ko‘rsatdiki mahsulot qadog‘ida import qiluvchi tashkilotning nomi va manzili ko‘rsatilmagan. Bundan tashqari mahsulot davlat tilida tamg‘alanmagan.
«E-ON» tetiklashtiruvchi ichimlik mahsuloti importini cheklash yuzasidan Bojxona qo‘mitasiga ma’lumot kiritildi.
«TAYGA» tetiklashtiruvchi ichimlik mahsuloti ham amaldagi texnik muvofiq emasligi aniqlandi hamda importini cheklash yuzasidan Bojxona qo‘mitasiga ma’lumot kiritildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter