Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda telefon xarid qilganlar behayo suratlarni topib olishdi

Toshkentda telefon xarid qilganlar behayo suratlarni topib olishdi

Toshkentda 2 shaxs ikkilamchi bozordan 500 dollarga iPhone 11 Pro telefonini sotib olgan va qurilma ichida avvalga egasiga tegishli intim suratlar borligini payqab qolishgan.

Toshkent shahar IIBBdan ma’lum qilishlaricha, telefonni sotib olganlar ichidagi barcha ma’lumotlarni o‘chirib tashlashga va’da berishgan, ammo bunday qilishmagan.

Biroz vaqt o‘tib, telefonning sobiq egasi Bahodirga olg‘ir xaridorlardan qo‘ng‘iroq bo‘lgan. Valijon deb tanishtirgan yigit qurilmadagi suratlar internetga chiqib ketishini aytib, undan 1,5 ming dollar talab qilgan. Bahodir esa faqat 700 dollar bera olishini aytgan, ular shunga ham rozi bo‘lishgan.

Yaqinlarining maslahatiga kirgan Bahodir huquqni muhofaza qilish organlariga vaziyatni aytib bergan. Uchrashuv joyida o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgarlar — Valijon va uning sherigi ushlangan.

Hozir ularga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring