Toshkentda «tez yordam» mashinasi ag‘darilib ketdi

Kecha, 21-avgust kuni taxminan soat 16.30 da Kichik xalqa avtomobil yo‘lidagi Gulzor chorrahasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, «Tez yordam» avtomobili haydovchisi 53 yoshli G.B. svetoforning taqiqlovchi belgisi ostida harakatlanib, 40 yoshli N.N. boshqaruvidagi «Spark» (davlat raqami 01 V 379 DB) rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida «tez yordam» mashinasi ag‘darilgan, haydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Shuningdek, «tez yordam»ning 29 yoshli hamshira X.A.ga ham tan shikastlari yetgan.
«Spark» avtomobili haydovchisining so‘zlariga ko‘ra, «tez yordam» mashinasining maxsus tovush va yorug‘lik signallari yoqilmagan bo‘lgan.
Tekshiruv davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter