Toshkentda tibbiy buyumlarni noqonuniy sotayotganlar qo‘lga olindi
Toshkent viloyatida tibbiy buyumlarni noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda "Rh." MChJ rahbari A.S. fuqaro R.M. bilan o‘zaro til biriktirib, tegishli hujjatlari bo‘lmagan 95 000 dona tibbiy qo‘lqoplarni fuqaroga 180 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter