Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda uyga to‘lov qilib aldanganlar Bosh vazir bilan uchrashdi

Toshkentda uyga to‘lov qilib aldanganlar Bosh vazir bilan uchrashdi

Bugun, 21-iyul kuni Bosh vazir Abdulla Aripov Prezident topshirig‘i bilan Toshkent shahridagi quruvchi firmalarning biriga uy uchun to‘lov qilib aldangan fuqarolar bilan uchrashdi.

Ma’lum qilinishicha, fuqarolar Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Izzat ko‘chasida «Aziya Invest Favorit» MChJ tomonidan qurilishi rejalashtirilgan uylarga to‘lov qilgan, biroq oradan bir yarim yildan ko‘proq vaqt o‘tganiga qaramay qurilish ishlari boshlanmagan.

Kun.uz’ning murojaatchilarga tayanib yozishicha, fuqarolar MChJ rahbari qamoqqa olingani bilganidan so‘ng pullarini so‘rab boradi, lekin ularga firma yopilganini aytib pullarini qaytarib berishmaydi. Fuqarolar ko‘rgan zarar 300 mlrd so‘mdan ortiq ekani aytilmoqda.

Bosh vazir matbuot kotib Behzod Hidoyatovning ma’lum qilishicha, sayyor qabulda mazkur masalani o‘rganish va hal etish bo‘yicha tuzilgan Hukumat komissiyasi tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Shuningdek, qabul yakunida ular bilan navbatdagi yakuniy uchrashuv joriy yil avgust oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkazilishi ma’lum qilingan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring