Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda xitoylikni «shilib» ketishdi

Toshkentda xitoylikni «shilib» ketishdi

Foto: Tergov Departamenti.

Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Qushbegi dahasida yashovchi Xitoy fuqarosi 36 yoshli T.V.ning yashayotgan xonadoniga o‘g‘rilar kirgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Voqea 31 may kuni soat taxminan 08:30 lar atrofida sodir bo‘lgan.

Gumondorlar xonadon yotoqxonasidagi shkafga o‘rnatilgan va ichida 265 000 AQSh dollari bo‘lgan temir seyfni olib, hodisa joyidan yashiringan.

Foto: Tergov Departamenti.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksning 169-moddasi 4-qismi «a» bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Surxandaryo viloyatida yashovchi 24 yoshli J.M., R.L., 19 yoshli N.J., B.M., 20 yoshli O.O. va 23 yoshli T.A.lar sodir etkanligi aniqlandi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring