Toshkentda xorijda ish va’da qilgan firibgarlar qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «F.A.» MChJ rahbari J.B. va menejeri A.A. (muqaddam sudlanganlar) fuqarolarni go‘yoki Germaniya davlatiga ishga yuborishi haqida internet ijtimoiy tarmoqlariga e’lonlar joylashtirib, ushbu e’lon bo‘yicha murojaat qilgan 9 nafar fuqaro bilan soxta shartnomalar tuzib, ulardan jami 12 500 AQSh dollari va 73,2 mln so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Manba: t.me
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter