Toshkentda xorijga yuborishni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIBB xodimlari hamkorligida Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida fuqarolarni AQSh va Yaponiyaga ishga jo‘natishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Departamentning Yunusobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda fuqaro J.A. AQShda yashovchi qarindoshi B.R. bilan til biriktirib, fuqarolar Z.S. va D.S.ni Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilgan. U vizalarni rasmiylashtirish evaziga 22 500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Departamentning Bektemir tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.N. fuqarolar M.A. va X.T.ni Yaponiyaga ishga jo‘natishni va’da qilib, ulardan 2 000 dollar olgan vaqtida qo‘lga tushgan.
Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28 va 211-moddalari (pora berish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter