Toshkentda xorijlik «Ahmadboylar» ushlandi
2020-yilda 29 yoshli Ukraina fuqarosi va O‘zbekistondan bo‘lgan bir guruh fuqarolar hamkorligida Toshkentda Golden Cash story MChJ xorijiy korxonasi tashkil etilgan.
Tergov departamenti xabariga ko‘ra, kompaniya fuqarolarga korxonaga tilla va kumush buyumlarni sarmoya sifatida kiritishni taklif qilgan. Buning evaziga MChJ vakillari yiliga 260 foizgacha bo‘lgan dividendlarni va’da qilishgan.
Qayd etilishicha, fuqarolardan 100 dollardan 5 300 dollargacha bo‘lgan narxdagi tilla va kumush buyumlar qabul qilingan.
Yangi sarmoyadorlarni qiziqtirish maqsadida, dastlab fuqarolarga ma’lum bir miqdordagi mablag‘ to‘lab borilgan. Natijada respublika bo‘yicha minglab fuqarolarning katta miqdordagi mablag‘lari qo‘lga kiritilgan.
Joriy yilning 17-noyabr kuni Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB tomonidan Golden Cash store MChJ ko‘rinishdagi xorijiy korxona va uning mansabdor xodimlariga nisbatan O‘zR JKning 1881-moddasi 2-qismi «v, g» bandlari (pul mablag‘larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan qo‘zg‘atilgan.
Korxonaning mansabdor shaxslariga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha fuqarolarga yetkazilgan zararni aniqlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter