Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yana ikki «Captiva» to‘qnashdi

Toshkentda yana ikki «Captiva» to‘qnashdi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Olmazor tumanida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi tushirilgan va internet tarmog‘ida tarqalgan videoyozuv va suratlar bo‘yicha Toshkent shahri IIBB axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qildi.

30 may kuni soat taxminan 21.00 da Nurafshon ko‘chasida 24 yoshli Doniyorxo‘ja A.  hamda 42 yoshli Jahongir S. boshqaruvidagi «Captiva»lar to‘qnashgan. YTH sabablari aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida Jahongir S.ga tan shikastlari yetgan va u tibbiyot muassasasiga yetkazilgan, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 may kuni ham Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani Nukus - Kichik Beshyog‘och ko‘chalari chorrahasida ikki «Captiva» ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring