Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yangi avtobuslar xarididan keyin yo‘lovchi tashish 1,5 barobarga ortgan

Toshkentda yangi avtobuslar xarididan keyin yo‘lovchi tashish 1,5 barobarga ortgan

Xabar.uz

Toshkent shahrida jamoat transportining harakat tarkibi yangilangani, yo‘nalishlarga yangi katta va o‘ta katta sig‘imli avtobus va elektrobuslarning chiqarilishi natijasida shahar jamoat transporti xizmatidan foydalanuvchilar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 63 foizga ortgan.

Xususan, yo‘lovchi tashuvlari joriy yil may oyida kunlik 782 ming nafar yo‘lovchini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davridagi 478 ming nafarga qaraganda 1,5 barobardan ko‘proqqa o‘sgan.

“Toshshahartransxizmat” korxonasi ma’lumotiga ko‘ra, hisobot davrida kunlik 1 330 ta avtobus yo‘nalishga chiqarilgan bo‘lsa, 2022-yilning shu davrida kunlik avtobuslar soni 806 tani tashkil etgan (40 foiz farq).

2023-yilning may oyida amalga oshirilgan kunlik qatnovlar soni 16 741 tani tashkil etgan. 2022-yilda esa bu ko‘rsatkich 10 424 tani tashkil etgan, ya’ni bu boradagi ko‘rsatkich ham 60 foizgacha oshgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring