Toshkentda yangi qurilayotgan bino yonib ketdi

Toshkentda yangi qurilayotgan bino yonib ketdi.
9-iyul kuni Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Mahtumquli ko‘chasida joylashgan, yangi qurilayotgan binoning 1-qavatida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Texnopark hududida yong‘in sodir bo‘lmoqda degan xabarlar tarqaldi. Aslida yong‘in Texnopark hududida sodir bo‘lmagan.
Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, yong‘in o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida binoning ichki qismida 20 kv.m maydonda o‘rin ko‘rpalari yonib zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
Voqea joyiga tuman FVB rahbar xodimlari chiqqan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter