Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yangi qurilgan yo‘lda YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda yangi qurilgan yo‘lda YTH sodir bo‘ldi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Tegishli hujjatlarsiz «KamAZ»ni boshqargan 21 yoshli haydovchi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, Lacetti avtomobilini urib yubordi.

Hodisa bugun, 22 dekabr kuni yaqinda qurilgan Sergeli bilan Yakkasaroy tumanini bog‘laydigan yo‘lda sodir bo‘ldi.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, 21 yoshli «KamAZ» haydovchisi boshqaruvni eplay olmay, qarama-qarshi harakat yo‘nalishiga chiqib ketib, Lacetti avtomobili bilan to‘qnashgan. To‘qnashuvdan so‘ng yuk mashinasi ariqdan o‘tib ketib, yo‘l chetida to‘xtagan.

Qayd etilishicha, fuqaro yuk mashinasini pritsepli transport vositasini boshqarishga ruxsat beruvchi tegishi hujjatlarsiz boshqargan.

YTH oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yo‘l o‘tkazgich va ko‘cha ikki oycha avval ochilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring