Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi (video)

Toshkentda yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi (video)

Foto: «UzNews.uz»

Kecha, 29-avgust kuni soat 20.17da Toshkent shahar IIBB YXB kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga 12-avtobus korxonasiga qarashli bo‘lgan 131-yo‘nalishdagi «Mersedes Benz Low Conecto» avtobusining yonib ketgani haqida xabar kelib tushdi, deya ma’lum qildi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Voqea Olmazor tumanidagi Ziyolilar bekati oldida yuz bergan. Yong‘in soat 20.26da bartaraf etilgan. Oqibatda avtobusning dvigatel bo‘linmasiga ziyon yetgan. Taxminlarga ko‘ra, bunga avtotransport vositasining yoqilg‘i tizimidagi nosozlik sabab bo‘lgan. Qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q.

O‘z navbatida, Toshkent shahar IIBB YoXB avtokorxonalar rahbarlari va haydovchilarini transport vositasining texnik holatiga e’tibor qaratishlarini va nosoz avtobuslarni yo‘nalishga qo‘ymasliklarini hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilishlarini so‘rab qoladi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring