Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yo‘lovchi tashuvchi avtobusda yong‘in chiqdi

Toshkentda yo‘lovchi tashuvchi avtobusda yong‘in chiqdi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 22-dekabr kuni soat 14:50 larda, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasida, haydovchi, 1991-yilda tug‘ilgan Z.S. 12-sonli avtobus saroyiga tegishli bo‘lgan, 01 159 FCA davlat raqam belgili, yo‘lovchi tashuvchi avtobusni 47-yo‘nalishda boshqarib ketayotgan vaqtida, avtobusning dvigatel qismida yong‘in yuzaga kelgan.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yong‘in yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring