Toshkentda yo‘lovchi avtobus yo‘lning qatnov qismida to‘xtab turgan Nexia bilan to‘qnashdi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda avtobus va yengil mashina to‘qnashgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan «Toshshahartransxizmat» AJ ma’lumot berdi, deb yozadi UzNews.uz nashri.
Ma’lum qilinishicha, hodisa joriy yilning 10-noyabr kuni soat 8:00 larda Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasi, Ashxobod bog‘i chorrahasida sodir bo‘lgan. 41 yoshli haydovchi boshqaruvidagi 21-sonli yo‘nalishdagi avtobus Nexia-1 avtomobili bilan to‘qnashib ketgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, harakat vaqtida avtobus yo‘l qatnov qismining chap bo‘lagida hech qanday avariya holatini anglatuvchi belgilarini qo‘ymasdan va avariya chiroqlarini yoqmasdan to‘xtab turgan Nexia-1ning orqa qismiga borib urilishi oqibatida YTH sodir bo‘lgan.
Sodir etilgan ushbu YTH natijasida Nexia-1 haydovchisi yengil tan jarohati olgan. Avtobus va yengil avtomobil texnik shikastlangan.
Hozirda ushbu yo‘l-transport hodisasi Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter