Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda YPX xodimini mashina ustida «sayr» qildirgan haydovchi qamaldi

Toshkentda YPX xodimini mashina ustida «sayr» qildirgan haydovchi qamaldi

Toshkent shahrining Nukus ko‘chasida davlat raqami belgilari bo‘lmagan «Malibu» rusumli avtomobil haydovchisi YPX xodimining to‘xtash haqidagi qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan harakatlanishda davom etgan.
Holatni to‘xtatish maqsadida YPX xodimi yo‘lga chiqib, avtomashinani to‘xtatishga urinadi. Biroq haydovchi xodimni urib yuborib, taxminan 1,5 kilometr masofagacha mashina ustida sudrab ketadi.
Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida haydovchi to‘xtatilgan va ushlangan. U qilgan xatti-harakatidan qattiq pushaymonligini ma’lum qildi.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoiy ish qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Shunga o‘xshash yana bir holatda esa «Tracker» haydovchisi YPX inspektorini urib, og‘ir tan jarohati yetkazdi.
2025-yil 23-aprel kuni Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Do‘rmon yo‘li va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori haydovchi tomonidan urib ketilgan.
Tibbiy tekshiruv natijalariga ko‘ra, YPX inspektoriga o‘ng va chap qo‘lda ko‘plab shilinmalar, chap chanoq suyagining bir necha joydan singani, chap tizza sohasi va oyoq yumshoq to‘qimalari lat yeyishi tashxislari qo‘yilgan.
Inspektorning so‘zlariga ko‘ra, u tirbandlikni tartibga solish maqsadida chorraha markazida qulay joy tanlagan. Shu payt tezlikda kelgan «Tracker» uni urib yuborgan. Hodisadan so‘ng, hamkasblari va Milliy gvardiya xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring