Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda YTHlar oqibatida o‘tgan yili qancha odam halok bo‘lgani aytildi

Toshkentda YTHlar oqibatida o‘tgan yili qancha odam halok bo‘lgani aytildi

Toshkent shahar prokurori Erkin Yuldashevning aytishicha, Toshkentda o‘tgan yili sodir bo‘lgan mingga yaqin YTH uchun jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. 2023 yilda poytaxt ko‘chalarida sodir bo‘lgan avariyalarda 95 kishi halok bo‘lgan. Vafot etganlarning 10 nafari – bolalar.

YTHlar oqibatida 1248 kishi tan jarohati olgan, 10 kishi umrbod nogironga aylangan. Jarohat olganlarning 235 nafari bolalar hisoblanadi. 

Qayd etilishichva, 4384 nafar fuqaro tomonidan transport vositasi spirtli ichimliklar ichgan holda boshqarilgan. Shundan 26 ta holatda YTH sodir bo‘lgan. YTHga asosan belgilangan tezlikka, svetofor yoki yo‘l qoidasiga amal qilmaslik, oraliq masofani saqlamaslik, piyodalarga yo‘l bermaslik, quvib o‘tish qoidasini buzish kabi omillar sabab bo‘lmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring