Toshkentda yuk mashinalari harakati vaqtincha to‘liq cheklanadi
![Toshkentda yuk mashinalari harakati vaqtincha to‘liq cheklanadi](http://static.xabar.uz/crop/3/6/720_460_95_3647604601.jpg)
16 iyun soat 00:00 dan 10:00 ga qadar poytaxtimizda barcha turdagi yuk transport vositalarining harakati to‘liq (kirish-chiqish-shahar ichida harakatlanish) vaqtincha cheklanadi.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, ushbu choralar Hayit namozini yuqori saviyada va tartibli o‘tkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Avvalroq 16 iyun soat 00:00 dan 7.00 gacha poytaxtning ayrim ko‘chalari va yo‘llarida avtotransport vositalarining harakati to‘liq cheklanishi ma’lum qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter