Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yurgan rus rasmiysi O‘zbekiston-AQSh aloqasiga keskin munosabat bildirdi

Toshkentda yurgan rus rasmiysi O‘zbekiston-AQSh aloqasiga keskin munosabat bildirdi

2022-yil 27-noyabr kuni O‘zbekistonga kelgan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi Raisi V. Volodin rasmiy Toshkent va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarga keskin munosabat bildirdi.

U AQSh va uning Yevropadagi strategik hamkorlari o‘rtasidagi munosabatlar natijasi Vashington bilan hamkorlikning mumkin bo‘lgan oqibatlarini baholashda O‘zbekistonga o‘rnak bo‘lishi kerak deb baholaydi.

«Amerikaliklar «qo‘y po‘stinida» kelishadi, biroq «bo‘rining jilmayishi ko‘rinib turibdi», – deydi Volodin.

Volodin bu haqdagi fikrlarini Toshkentga tashrifi chog‘ida, jurnalistlarga AQSh vakillarining mintaqaga tashriflari ortib borayotganini izohlar ekan, aytib o‘tgan.

«Bu yerda (O‘zbekistonda, -tahr.) odamlar dono, savodli. Ular bu harakatlar nimaga olib kelishini tushunishadi», – degan u.

U, shuningdek, AQSh va Yevropa davlatlari hamda ularning o‘zaro munosabatlariga to‘xtalib, har ikki tomon uchun yetarlicha salbiy fikrlarini bildirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi davlatlari nihoyat Rossiyaning energiya resurslari yevropaliklar farovonligi uchun asos bo‘lganini tan olishga kirishgan. Ammo aynan Qo‘shma Shtatlar bu resurslarning Yevropaga yetib borishini xohlamayapti.

«Buning natijasini ko‘rib turibmiz. Buni Osiyo mamlakatlarida yashovchilar, ayniqsa, biz bilan munosabatlarini doimo o‘zaro hurmat, do‘stlik va ichki ishlarga aralashmaslik tamoyillari asosida o‘rnatganlar tushunadi», – deydi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring