Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «.apk» virusli dasturlar orqali pul ishlagan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Toshkentda «.apk» virusli dasturlar orqali pul ishlagan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Toshkent shahrida IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi hamda Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan telegram messenjerida android telefon qurilmalari uchun ishlab chiqilgan «.apk» kengaytmali virusli dasturlar orqali telefon qurilmalaridagi SMS xabarlarni o‘qish, kontakt, qo‘ng‘iroqlar tarixi va boshqa ma’lumotlarni qo‘lga kiritib, bank kartalaridagi pul mablag‘larini o‘g‘irlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib kelayotgan jinoiy guruh aniqlandi.

Tadbirlar davomida virusli dasturlar telegram messenjeridagi guruhga bog‘lanib, guruhning 11 nafar a’zosi turli davlat fuqarolari ekanligi, guruhda virusli dastur o‘rnatib olgan fuqarolarning bank karta ma’lumotlari hamda SMS-tasdiqlash kodlari mavjudligi aniqlandi.

Olib borilgan tezkor-texnik tadbirlar natijasida, ushbu guruh a’zolaridan bo‘lgan 5 nafar shaxslar qo‘lga olindi.

Shu bilan birga, ushbu shaxslarning telefon qurilmalari tekshirilganda, 133 nafar bank kartalaridan 2 milliard 838 million 278 ming so‘mdan ortiq pul mablag‘larini o‘g‘irlik yo‘li bilan o‘tkazma qilganliklari hamda jinoiy guruhning xar biri o‘g‘irlangan pul mablag‘laridan ulush olib kelganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda mazkur jinoiy guruhning respublika hududidagi boshqa jinoiy a’zolarini va jabrlanuvchilar doirasini aniqlash, bo‘yicha tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring