Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi Amiti universiteti soha kompaniyalari bilan yaqin hamkorlik qiladi (video)

Toshkentdagi Amiti universiteti soha kompaniyalari bilan yaqin hamkorlik qiladi (video)

Toshkent shahridagi Amiti universitetida «Soha maslahatchilari jamiyati»ning navbatdagi yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mehnat bozorida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni takomillashtirish, shuningdek, davlat tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida Soha maslahatchilari jamiyati tashkil etilgandi.

Maslahat kengashi yetakchi biznes rahbarlari va hukumatning mas’ul xodimlaridan iborat bo‘lib, uning tarkibiga Huawei, Exadel, UzCard, Uztelesom, MITC, LeverX, Vention, Bepro Group, RITM, EPAM, Hamkor Bank, UNICON, Artificial Intelligence, Uzinfocom va boshqa kompaniyalar vakillari kiradi.

Kengash universitetga uning strategik yo‘nalishi bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadi va universitet talabalari ehtiyojlarini qondirishga yordam beradi.

Uchrashuvni Toshkent shahridagi Amiti universiteti direktori Bobur Abdullayev olib bordi. U kengash a’zolarini qutlab, ularga doimiy ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi. So‘ngra universitetning so‘nggi yutuqlari, istiqboldagi rejalari va soha korxonalari bilan hamkorlik aloqalari haqida ma’ruza qildi.

Uchrashuv davomida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

  • Universitetni rivojlantirish strategiyasi va o‘quv rejalarini yaratish bo‘yicha maslahatlar berish;
  • Universitetning xalqaro ta’lim, fan va madaniyat markazi sifatida faoliyat yuritishi va har tomonlama o‘sishiga ko‘maklashish;
  • Universitetning davlat va xususiy tuzilmalar bilan hamkorligini yanada rivojlantirish;
  • Tashqi va ichki audit tizimlarini rivojlantirishga ko‘maklashish;
  • Universitet faoliyatini uning ta’lim, ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalar sohasidagi siyosati samaradorligi va boshqalar nuqtai nazaridan baholash.

Yig‘ilish yakunida soha maslahatchilari jamiyati a’zolari universitet kelajagiga ishonch bildirdilar. Ular universitetning mukammallikka intilishi va talabalarga jahon iqtisodiyoti va biznesda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni berishga e’tibor qaratayotganini yuqori baholadilar.

Video materiallar va yetakchi kompaniyalar vakillari bilan suhbatlarni ko‘rish uchun havolaga o‘ting: 

Shuningdek, Amiti universiteti 2023-2024 o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilishni davom ettirayotganini eslatib o‘tmoqchimiz.

Kirish imtihonlari 24 avgust va 7 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Abituriyentlar matematika va ingliz tilidan ichki imtihonlarni topshirishlari lozim.

Murojaatni www.amity.uz saytida qoldirishingiz mumkin.

Telefon: (+998) 71 207 9006

Instagram: @amity_tashkent
Telegram: @AmityUniversityTashkent
Facebook: @amityuniversityuz
YouTube: @AmityUniversityTashkent

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring